15:21 / 03.07.2015
4968

O‘zbekistonlik olimlar qobiq-quvurli issiqlik almashgich uskunasini yaratishdi

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Umumiy va anorganik kimyo instituti olimlari tomonidan qobiq-quvurli issiqlik almashgich uskunasi ixtiro qilindi, deb xabar qiladi Intelektual mulk agentligining axborot xizmati. 

Ushbu uskunaning asosiy vazifasi isitilayotgan suyuqlik issiqlik uzatish quvurlari bo‘ylab bir tekisda taqsimlanishi hisobiga texnologik va issiqlik samaradorligini oshirishdan iborat. Shuningdek, mazkur uskunadan neftni qayta ishlash, neft-kimyo va boshqa turdosh sanoat sohalarida foydalanish mumkin.

Uskuna mualliflari-Z.Salimov, A.A.Xudoyberdiyev va Sh.M.Saydaxmedov ushbu model ixtirosi uchun № FAP 00992 raqamli patent olishdi.


Top