14:48 / 03.07.2015
1786

Petr Chex: 40 yoshimgacha o‘ynamoqchiman

"Arsenal" jamoasining yangi darvozaboniga aylangan Petr Chex hali o‘z futbolchilik faoliyatini yakunlash niyatida emasligini ma'lum qildi.

"Yaqin 7 ichida futbolni tark etmoqchi emasman. Aslida hech nimani oldindan aytib bo‘lmaydi. Lekin men o‘ynashda davom etmoqchiman.
"Arsenal"ga o‘tishim kutilmaganda sodir bo‘ldi. Lekin bundan xursandman. Endi yangi jamoam tarkibida maydonga tushishni orziqib kutmoqdaman. Mashg‘ulotlarda o‘zimni ko‘rsatib, asosiy tarkib uchun munosib ekanligimni isbotlamoqchiman", deydi chexiyalik 33 yoshli darvozabon.

Top