15:54 / 03.07.2015
4106

Saudiya Arabistonida «Najran yoshlari» nomli qurollangan yangi muxolifat guruhi harakat qilmoqda

Saudiya Arabistonida yangi «Najran yoshlari» qurollangan muxolifat guruhi paydo bo‘ldi. Ular qirollikning Najran provinsiyasi janubiy-sharqiy qismida joylashgan, deb yozmoqda Eronning Fars axborot agentligi.

Mazkur tashkilot Yamanga chegaradosh hududda Yaman davlatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil qilingan «Najranning ozod fuqarolari» guruhi tashkil topganidan 10 kun o‘tib tuzilgan.

1920-1930 yillar davomida Yaman va Saudiya Arabistoni Najran provinsiyasi uchun kurash olib borgan. 1934 yilga kelib mazkur hudud provinsiya nomini olgan va qirollik hududiga kiritilgan. O‘shandan buyon mazkur hudud aholisi doimiy ravishda noroziliklar uyushtirib turishadi.

Provintsiya aholisining aksar qismi Yaman davlatini qo‘llab-quvvatlaydi. Hozirda Najranda 1,6 mln.dan ortiqroq aholi istiqomat qiladi. Ularning ko‘pchiligi Islom dinining shia mazhabi vakillari sanalishadi. 2000 yilda Najranda ismoiliylar va hukumat kuchlari o‘rtasida bir necha qurolli to‘qnashuvlar kuzatilgan.

Top