10:58 / 03.07.2015
6078

Sergelida avtomobil o‘g‘irlagan ayol qo‘lga olindi

Sergeli tumanida avtomashina o‘g‘irlagan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tuman IIB navbatchilik qismiga Olmazor tumanida yashovchi fuqarodan uning boshqaruvidagi Matiz rusumili avtomobil noma'lum shaxslar tomonidan olib qochib ketilgani haqida xabar kelib tushdi.
Aytilishicha, mashina Sergeli avtomobil bozorida qarovsiz qoldirilgan.
Tezkorlik bilan olib borilgan tadbir natijasida mazkur jinoyatni sodir etishda gumonlanib Sirdaryo viloyati Yangiyer tumanida istiqomat qiluvchi 48 yoshli ayol va 18 yoshli yigit qo‘lga olindi.

Top