"Monako" jamoasining portugaliyalik yarim himoyachisi Joao Moutino yaqin vaqt ichida "Zenit" tarkibida paydo bo‘lishi mumkin.
TASS nashrining xabar qilishicha, jamoaning portugaliyalik bosh murabbiyi Andre Villash-Boash ushbu futbolchi bilan shu masala xususida gaplashgan.
Xabarda aytilishicha, yaqin orada shartnoma tuzilishiga erishiladi.
Ma'lumot uchun, Villash-Boash "Portu" bosh murabbiyi bo‘lgan 2010-2011 yillar mavsumida uning qo‘li ostida Joao Moutino ham o‘ynagan edi.
Biroz oldinroq, monakoliklar jamoasi ushbu 28 yoshli futbolchisini 30-40 mln yevro atrofidagi narxda pullashni rejalashtirayotgani xabar qilingandi.