12:32 / 03.07.2015
6794

Toshkentda matiz va yonilg‘i tashuvchi avtomobil to‘qnashib ketdi

3 iyul kuni taxminan soat 04:30 da Toshkent shahridagi Kichik halqa yo‘lida Matiz va benzovoz ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Bu hodisa haqida Facebook’dagi «Voditeli Tashkenta» guruhi a'zolari xabar bergan.

Ma'lum bo‘lishicha, avtomobil yonib ketishi natijasida uch nafar kishi jabrlangan.

Hodisaning boshqa tafsilotlari haqida hozircha xabar qilinmagan.


Top