11:09 / 03.07.2015
3864

Xitoy shimoli-g‘arbidagi zilzila tufayli 2 kishi halok bo‘ldi

3 iyul kuni Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom hududida 6,1 balli zilzila qayd etildi. Bu tabiiy ofat tufayli 2 kishi halok bo‘lgan.
 
"Pekin vaqti bilan 3 iyul kuni soat 10:00da Shinjon-Uyg‘ur hududi markazida ro‘y bergan zilzila tufayli 2 kishi halok bo‘lgani qay etildi. Hududda xavflilikning ikkinchi darajasi e'lon qilingan", deyiladi Sinxua agentligi xabarida.
 
6,1 balli bu zilzila markazi Xo‘tan shahridan 164 km uzoqlikdagi Pishan uyezdida joylashgan. Zilzila o‘chog‘i 10 km chuqurlikda bo‘lgan. Zilzila ikki marta 3 va 4,6 balli kuch bilan qaytalangan.
 
Ma'lumot uchun, Pishan uyezdi Shinjon-Uyg‘ur markazi Urumchi shahridan 1,8 ming km uzoqlikda joylashgan bo‘lib, bu hududda 258 mingga yaqin kishi istiqomat qiladi.
 
Top