Mashhur hind aktrisasi Hema Malinining haydovchisi Maxesh Txakur 3 iyul kuni sodir etilgan YTH sabab hibsga olindi.
Haydovchi ehtiyotsizlik bilan avtomobil boshqarishda ayblanib hibsga olingan.
YTH oqibatida Hema Malini jarohat olgan, boshqa avtomobildagi 5 yoshli bola vafot etgan, shuningdek, 4 nafar yo‘lovchi turli xildagi jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Ma'lumot uchun, voqea Hindistonning shimoli-g‘arbidagi Rajaston viloyatida sodir bo‘lgan edi.