13:41 / 04.07.2015
2053

Andres Inesta: "Jamoamiz Pogba hamda Turanni iliqlik bilan kutib olishga tayyor"

“Barselona” yarim himoyachisi Andres Inesta jamoaning “Yuventus”dan Pogba hamda “Atletiko”dan Arda Turanni sotib olmoqchi ekani haqida ma'lumotga o‘z fikri bilan o‘rtoqlashdi.

“Istalgan grand jamoa o‘z tarkibida Pogbani ko‘rishni xohlagan bo‘lardi. U yosh hamda juda iqtidorli va hozirning o‘zidayoq eng kuchli jamoalarda o‘ynay oladi. Agar Pol “Barselona”ga o‘tadigan bo‘lsa, uni bu yerda iliq kutib olishadi.

Arda ajoyib futbolchi va u nihoyatda qobiliyatli. Biz uni ham o‘z jamoamizga iliqlik bilan qabul qilamiz”, – deydi Inesta Goal portaliga bergan intervyusida. 

Top