10:44 / 04.07.2015
4849

Independent: Tunis IIV Susda terakt tayyorlanayotgani haqida 1 oy oldin xabardor bo‘lgan

Tunis Ichki ishlar vazirligi Sus shahrida terakt amalga oshirilishi haqida may oyidayoq ma'lumotga ega bo‘lgan. Bu haqda Independent nashriga Tunis xavfsizlik kuchlari harakatlarini monitoring qilish tashkiloti rahbari Volid Zarruq ma'lum qilgan.

Zarruqning aytishicha, Tunis IIVga terakt "yonayotgan mashinalar" orqali amalga oshirilishi haqida ma'lumot kelib tushgan. Lekin manba bu borada boshqa ma'lumot bermagan va IIV bu borada boshqa ish olib bormagan.

"Hujum may oyida bo‘lishi haqida ma'lumot berilgan, terakt esa iyun oyida sodir etildi. Bu yerda qandaydir xatolik yuz berdi", deydi Zarruq.

Zarruq Ichki ishlar xizmati tizimida salbiy muhit mavjudligi hamda poraxo‘rlik avj olgani haqida gapirgan.

Tunis IIV bu borada hozircha izoh bermagan.

Eslatib o‘tamiz, 26 iyun kuni Tunisning O‘rta Yer dengizi sohilidagi Sus shahri yaqinidagi ikki mehmonxonaga "IShID" jangarilari tomonidan hujum uyushtirilgan, ikki nafar jangari mehmonxonadagi 39 kishini otib tashlagan. Ulardan biri politsiya tomonidan yo‘q qilingan, ikkinchisi hibsga olingan.

Top