07:33 / 04.07.2015
5216

Kiyev markazida millatchilar g‘ildiraklarni yoqib, hukumatdan qurol-aslaha berishni talab qilishmoqda

Kiyev markazida “O‘ng sektor” ekstremistik tashkiloti tomonidan tashkil etilgan miting o‘tkazilmoqda. Unda 1,5 mingga yaqin odam ishtirok etmoqda.

Millatchilar Ukraina hukumatidan Donbassda yuz berayotgan voqealarni urush deb tan olinishi va o‘z faollari uchun qurol-aslaha berilishini talab qilishmoqda. Namoyishchilar “Dinamo” stadioni atrofidagi harakatlanishni to‘sib qo‘yishdi. Aynan shu yerda 2014 yilda “yevromaydan” paytidagi to‘qnashuvlar yuz bergan edi.

Tartibsizliklar ishtirokchilari g‘ildiraklarni yoqib, hukumatning o‘zgartirilishini talab qilishmoqda. Radikallar millatchilik va aksilrossiya kayfiyatidagi shiorlar, jumladan “Inqilob!” va “Xunta bo‘ladi!” deb hayqirishmoqda. Kiyev markazida yig‘ilganlar mamlakat hukumatidagi hozirgi vaziyatni “sindirish” bilan tahdid qilishmoqda.

Avvalroq “O‘ng sektor” va uning tarafdorlari hukumat kvatrali bo‘ylab – prezident ma'muriyati, Oliy rada va Ukraina Vazirlar mahkamasi binolari oldidan o‘z noroziliklarini namoyon qilib yurib o‘tishgandi.

Top