11:18 / 04.07.2015
13652

Kim Chen In Pxenyandagi yangi qurilgan aeroport bosh arxitektorini o‘limga mahkum etgan

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In Pxenyandagi yangi qurilgan aeroport bosh arxitektorini topshiriqni bajarmagani uchun o‘limga hukm etgan.

"Kim Chen In yangi aeroport arxitektorini uning ishi o‘ziga yoqmagani uchun qatlga buyurdi", deyiladi Metro nashri xabarida.

Shimol koreyslari diktatori aeroportning ochilishi marosimi chog‘ida jurnalistlarga yuzida kulgu bilan arxitektorni mas'uliyatsizligi uchun o‘limga buyurgani haqida aytib bergan.

Yangi aeroport binosi ochilishiga bir hafta qolganda Kim Chen In bir qator dizaynerlik ishlanmalarini bajarishni buyurgan. Unga ko‘ra, bosh zal o‘rtasiga shokoladli fontan o‘rnatish kerak bo‘lgan.

2015 yilning 25 iyun kunida mamlakat poytaxtida ochilgan yangi aeroport arxitektori va bosh dizayneri hisoblangan Ma Von Chun ushbu vaziyatda topshiriqni ijrosini ta'minlamagani uchun o‘limga hukm etilgan.

Rasmiy tarqatilgan xabarlarga ko‘ra, Ma Von Chun “korrupsiya va topshiriqlarni bajarishga tayyor emasligi” uchun qatl etilgan.

Kim Chen Inning bayonotida kamchiliklar ikkinchi terminal qurilishida ko‘zga tashlangani, dizaynerlar partiyaning qurilishga oid g‘oyasini hisobga olmagani aytilmoqda.

2014 yilda Kim Chen In mamlakat imijini yaxshilash maqsadida bu aeroport qurilishiga ko‘rsatma bergandi. Aeroport 2015 yilning 1 iyul kunidan boshlab yo‘lovchilar uchun xizmat qilishi aytilgan.

Top