08:12 / 04.07.2015
4456

O‘zbekistonlik rassomlar Parijdagi Xalqaro san'atlar markazida o‘z ijodlarini namoyish qilishmoqda

O‘zbekistonlik rassom Inna Sandler joriy yilning 3 aprelidan 29 iyunigacha Parijdagi Xalqaro san'atlar markazida faoliyat yuritdi. Rassom markazda 20ga yaqin suratlarni o‘z ichiga oluvchi o‘zining “Dada” seriyasini (yog‘och ot o‘yinchog‘i obrazi) namoyish qildi.

Rassom ishlarining ko‘rgazmasi Parijda 16 iyunda bo‘lib o‘tdi. Yaqin orada ushbu ko‘rgazma Toshkentda ham namoyish etiladi.

Yana bir o‘zbekistonlik rassom Jamol Usmonov ham shu markazda 3 oy mobaynida faoliyat yuritdi.

Parijdagi Xalqaro san'atlar markazi har yili o‘zining 324ta ustaxonasida 50ga yaqin davlatdan minglab rassomlarni qabul qiladi. O‘zbekistonlik rassomlar Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi va Parijdagi Fransiya instituti ko‘magi bilan markazga borish imkoniyatidan foydalanib kelishmoqda, ular orasida rassomlar Bobur Ismoilov va Yuliya Drobova ham bor.

Top