07:39 / 04.07.2015
5570

O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga kirishi bo‘yicha ishlar qizg‘in davom etmoqda

BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasining mintaqaviy maslahatchisi Mario Apostolov O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga kirishi bo‘yicha muzokaralarning yakunlanish muddatlarini aniq ayta olmadi.

“O‘zbekiston va Ozarboyjon JSTga kirish bo‘yicha arizalarni ancha oldin topshirishgan, hozirda muzokaralar olib borilmoqda, biroq ular qachon tugashini aniq ayta olmayman”, deb Jyenevada bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo bilan savdo sohasida mintaqaviy hamkorlik masalalari bo‘yicha oliy darajadagi anjuman natijalariga ko‘ra aytdi Apostolov.

Apostolovning aytishicha, Qozog‘iston JSTga kirishiga bir qadam qoldi. Shuningdek, Afg‘oniston ham JSTga kirishga mintaqadagi davlatlar ichida ko‘proq imkoniyatga ega.

Avvalroq Qirg‘iziston va Tojikiston JSTga a'zo bo‘lishdi. Turkmaniston esa hali o‘z nomzodini topshirmagan.

Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Yuriy Shterk Bryusselning Toshkentning JSTga kirishi bo‘yicha ekspert ko‘magini ko‘rsatishga tayyorligini ma'lum qildi.

“Tomonlar Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik va investitsiyalar masalalari bo‘yicha ikki tomonlama kengashni tashkil etish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqdalar. Bu kengash xususan O‘zbekistonning JSTga kirishi bo‘yicha muzokaralar maydonchasi bo‘lib xizmat qiladi”, deb aytdi Shterk.

Top