08:30 / 04.07.2015
2539

Peru terma jamoasi Amerika kubogida 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi

Peru terma jamoasi Amerika Kubogining 3-o‘rni uchun Paragvayga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Peruliklar safida birinchi golni 48-daqiqada hujumchi Andre Karrilo Paragvay termasi darvozasi yonida paragvaylik himoyachilar burchakdan tepilgan to‘pni muvaffaqiyatsiz qaytarganlaridan foydalanib kiritdi. Ikkinchi gol Xose Paolo Gerrero hisobiga yozildi.

Bu g‘alaba orqali qo‘lga kiritilgan uchinchi o‘rin peruliklar uchun oltinchisi bo‘ldi. 1927 yildan buyon turnirda ishtirok etib keladigan Peru terma jamoasi 1927, 1935, 1949, 1955 va 2011 yillarda ham turnirning kuchli uchligiga kirgandi. Shuningdek, bu terma jamoa Amerika Kubogida 1939 va 1975 yillarda chempion bo‘lgandi.

Eslatib o‘tamiz, musobaqaning finalida Argentina va Chili uchrashadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 5 iyulda 01:00 da boshlanadi.

PeruParagvay – 2:0
Gollar: Karrilo, 48 (1:0); Gerrero, 89 (2:0).
Ogohlantirishlar: Yotun, 85; Sanches, 88 – Samudio, 38.

Top