13:17 / 05.07.2015
8989

AQSh prezidenti lavozimiga nomzodlardan biri Obama “Putinni tiz cho‘ktira olmaganini” aytdi

AQSh prezidenti lavozimiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Rik Perri AQSh prezidenti Barak Obama “unga AQSh prezidenti lavozimi beradigan minbardan samarali foydalana olmaganini” aytmoqda. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.

Perrining fikricha, AQSh harbiy kuchlarni qo‘llashi va Ukrainaga qurol-aslaha yetkazib berishi kerak edi.
“Fikrimcha, bizning tasarrufimizda bo‘lgan va Obama foydalanishi mumkin bo‘lgan eng kuchli instrumentlardan biri – bu suyultirilgan tabiiy gazdir. Yevropa bozorini amerika gazi bilan to‘ldirib tashlash uchun qancha kerak bo‘lsa shuncha shartnoma tuzib tashlash kerak edi”, deb aytmoqda Perri.

Perrining fikricha, Obama buni amalga oshirmagani bilan “Putinni tiz cho‘ktirish” imkoniyatini qo‘ldan chiqargan.
Shuningdek, Perri Rossiyaga qarshi santsiyalar ertami-kechmi albatta “ish” beradi, degan fikrni bildirib o‘tdi.
Ma'lumot uchun, AQSh prezidenti lavozimi uchun saylovlarda ishtirok etish uchun 12 nomzod da'vogarlik qilmoqda. Saylovlar 2016 yilda bo‘lib o‘tadi.

Top