12:55 / 05.07.2015
7918

AQShning eng yirik savdo tarmog‘i Walmart IShID bayrog‘i tasviri tushirilgan tort tayyorladi

AQShda dunyodagi eng yirik savdo tarmog‘i Walmart tomonidan tayyorlangan IShID bayrog‘i tushirilgan tort namoyish qilingan videoyozuv jamoatchilikning keskin e'tiroziga sabab bo‘ldi.

AQShdagi eng yirik savdo tarmog‘i Walmart Chak Nettsxammer ismli bir mijozning buyurtmasi bilan IShID bayrog‘i tushirilgan tort tayyorlab berdi.
Nettsxammerning aytishicha, u Walmart ga “Nafrat emas, meros” degan yozuvi bo‘lgan Konfederatsiya bayrog‘i tasvirlangan tortga buyurtma bergan, biroq kompaniya bu buyurtmani rad etgan.
Bunga avvalroq Charlstonda oq tanli yigit irqchilik sabab afroamerikaliklar cherkovida sodir etgan teraktidan keyin AQSh kompaniyalari, jumladan Walmart Konfederativ Shtatlar bayroqlari tushirilgan mahsulotlarni sotishni to‘xtatganlari sabab bo‘lgan.

Chak Nettsxammer Russian Today telekanaliga bergan intervyusida uni bunday tortga buyurtma berishga nima undagani haqida so‘zlab berdi.

“Men ularning g‘oyaviy ko‘rsatmalarini, ular nimani haqoratli deb hisoblashlarini tekshirishga qaror qildim. “IShID” haqida oxirgi paytlarda yangiliklarda ko‘plab gapirilmoqda: ular vahshiy ishlar qilmoqda. Walmart kompaniyasining skaneri yordamida men bayroqning nusxasini oldim hamda bu tarmoqqa tegishli pishiriqlar tayyorlaydigan sexga uni olib bordim. Ular buyurtmani qabul qilishdi va ertasi kuni men tortni oldim. Bunda menga g‘alati tuyulgani, tortni tayyorlash uchun tasvirni skaner orqali kompyuterga kiritish kerak. Menimcha, bu Walmart korporativ siyosatining nimani haqoratli deb hisoblashi borasidagi inqirozi bo‘ldi. Ko‘rinishicha, ularda mahsulotlarning tashqi ko‘rinishini nazorat qiluvchi filtrlar mavjud emas. Ular nima haqoratliyu, nima haqoratli emas ekanligi haqida o‘zlaricha qaror chiqaradilar”, deb aytmoqda Luizana shtatida yashovchi Nettsxammer.

Top