03:53 / 05.07.2015
6714

Chili Argentina ustidan g‘alaba qozonib o‘z tarixida ilk bor Amerika Kubogi sohibiga aylandi

O‘yindan oldin Argentina terma jamoasining imkoniyatlari yuqori baholangan bo‘lsa ham mezbonlar osonlikcha jon bermoqchi emasligini amalga namoyish etdilar. Ular butun jamoa bo‘lib Messini qo‘riqlashdi va oxir-oqibat maqsadlariga erishishdi.

Asosiy va qo‘shimcha bo‘limlarda hisob ochilmadi. Penaltilar seriyasida esa omad mezbon – Chili terma jamoasiga kulib boqdi.

Argentina terma jamoasi safida faqatgina Messining zarbasi aniq chiqqanini e'tirof etmoq lozim. Shunday qilib, 4:1 hisobida Chili g‘alaba qozondi va o‘z tarixida birinchi bor musobaqaning bosh sovrinini qo‘lga kiritdi.

Chili - Argentina final uchrashuvidan fotojamlanma

Chili - Argentina 0:0 (penaltilar seriyasi: 4:1)

Stadion: «Estadio Nasonal».

Penaltilar seriyasi: Fernandez - 1:0, Messi - 1:1, Vidal 2:1, Iguain - 2:1, Arangis - 3:1, Banega - 3:1, Sanches - 4:1.

Chili – Bravo, Bosejur, Isla, Vidal, Valdiviya (Fernandes, 75), Medel, Arangis, Silva, Vargas, Sanches, Dias.

Argentina – Romero, Roxo, Otamendi, Demichelis, Sabaleta, Bigliya, Maskerano, Pastore (Banega, 81), Di Mariya (Lavessi, 29), Aguero (Iguain, 74), Messi.

Ogohlantirishlar: Silva (24), Medel (34), Dias (44), Roxo (55), Maskerano (55), Arangis (86).

Top