14:14 / 05.07.2015
1917

Filippinda halokatga uchragan parom qurbonlari soni 61 kishini tashkil etmoqda

2 iyul kuni Filippinning Leyta oroli yaqinida yo‘lovchi paromi halokatga uchrashi natijasida halok bo‘lganlar soni 59 nafarga yetdi. Bu haqda Filippin sohil qo‘riqlash xizmatiga asoslanib Frans Press agentligi tomonidan xabar qilingan.

"Qurbonlar soni yanada ortishi mumkin", deyiladi xabarda.

Bundan oldin halokat qurbonlari 59 nafar ekani xabar qilingandi.

MV Kim Nirvana-B nomli ushbu kema Ormok portidan Kamotes tomon yo‘lga chiqqanidan 20 daqiqa o‘tgach, cho‘ka boshlagan.

Kemada 187 kishi ketayotgan bo‘lgan, 134 kishi qutqarib olingan. Halokat sabablari aniq aytilmagan.

Top