12:08 / 05.07.2015
1821

Guardian: Van Persi “Fenerbaxche”ga o‘tishga yaqin turibdi

Guardian nashrining xabar berishicha, “Manchester Yunayted” hujumchisi Robin van Persi Istanbulning “Fenerbaxche” klubiga o‘tishga yaqin turibdi.

Nashrning ma'lumotlariga ko‘ra, 31 yoshli gollandiyalik futbolchi turk klubi bilan 4 yillik shartnomaning shartlarini kelishib oldi.

Avvalroq futbolchi Turkiyaga kelishni istamagani uchun “Beshiktosh”ga o‘tishga rozi bo‘lmagani ma'lum qilingandi.

Biroq van Persining “Fenerbaxche” variantiga rozi bo‘lishiga uning Gollandiya terma jamoasi bo‘yicha jamoadoshi, 3 yil “Fenerbaxche”da to‘p surgan Dirk Kyuyt ko‘ndirgan.

Top