12:37 / 05.07.2015
3770

Krishtianu Ronaldu intervyu paytida matbuot-anjumani xodimining xatti-harakatidan ranjidi

Jahon futboli yulduzi Krishtianu Ronaldu yana bir mojaroning sababchisiga aylandi. Portugaliya terma jamoasi va Madridning “Real” klubi hujumchisi matbuot-anjumani paytida uning jurnalistlar bilan suhbatiga aralashgan matbuot xizmati xodimiga tanbeh berdi.

Matbuot xodimi Ronaldu o‘z klubdoshi Serxio Ramosning kelajagi va Angliya terma jamoasining sobiq yarimhimoyachisi Stiven Jyerardning “Los-Anjyeles Gelaksi” klubidagi istiqbollari haqidagi savolga javob bermoqchi bo‘lganda uning gapini bo‘ldi. Bundan jahli chiqqan futbolchi ushbu xodimga tanbeh berdi hamda shu tariqa uni noqulay holatga qo‘yishayotgandan shikoyat qildi.

“Siz bu odamlarga ro‘yxo‘shlik bermasligimni istayapsizmi? Ha bunday qilish sizning vazifangizga kiradi. Niyatingizga yetdingizmi, endi men ahmoqona ko‘rinmoqdaman”, deb aytdi Ronaldu matbuot-anjumani xodimiga.

Qayd etilishicha, futbolchi matbuot-anjumani xodimining gaplarini oxirigacha tinglab, uning ko‘rsatmasiga binoan jurnalistlar bilan suhbatlashishni to‘xtatdi.

Top