20:22 / 05.07.2015
2358

Malayziya bosh vaziri The Wall Street Journal jurnalini sudga berishni rejalashtirmoqda

Malayziya bosh vaziri Najib Razzoq The Wall Street Journal jurnaliga qarshi sudga da'vo arizasi berishni rejalashtirmoqda. Bunga jurnalda Razzoq 700 mln dollar pora olganlikda ayblangan maqolaning chop etilishi sabab bo‘lmoqda.

“Men bu masalani advokatlarimga topshirdim. Yaqin orada ular bunday vaziyatda qanday yo‘l tutishim bo‘yicha maslahat berishadi. Da'vo arizasi mahalliy sudga va boshqa davlat hududidagi sudga berilishi mumkin”, deb aytmoqda Razzoq.

Razzoqqa yaqin manbalarning xabar berishicha, sudga da'vo arizasi 7 iyul kuni topshirilishi mumkin.

Avvalroq OAVlarda Malayziya bosh vaziri davlat jamg‘armasidan 700 mln dollar olgani ma'lum qilingandi.

Top