13:44 / 05.07.2015
2416

Nigeriya futbol federatsiyasi milliy terma jamoa bosh murabbiyini ishdan bo‘shatdi

Nigeriya futbol federatsiyasi mamlakat milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Stiven Keshi bilan shartnomani muddatidan oldin bekor qildi.

Bunga murabbiy o‘ziga topshirilgan vazifani bajara olmagani va ishiga mas'uliyatsizlik bilan qaragani sabab bo‘lgan.

Nigeriya futbol federatsiyasi matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, murabbiy uchun ko‘rsatilgan tartibda tovon puli to‘langan.

Ma'lumot uchun, ushbu mutaxassis 2011 yildan buyon terma jamoa boshqaruvida bo‘lib, 2013 yilgi Afrika Kubogida g‘olib bo‘lgan hamda 2014 yilgi Braziliya mundialida chorak final bosqichiga chiqqan.

Top