23:34 / 05.07.2015
10385

Rossiyaning Vorkuta shahrida qor yog‘di

5 iyulga o‘tar kechasi Rossiyaning Komi respublikasining shimolida joylashgan Vorkuta shahrida qor yog‘di.

Qor ushbu hududdan anomal sovuq havo frontining o‘tishi natijasida yog‘gan. Ob-havo mutaxassislarining ma'lumotlariga ko‘ra, yaqin kunlarda ob-havo o‘zgarmaydi, havo harorati +4 gradusdan oshmaydi.

Keskin sovuq tushishi sababli shaharning kommunal xizmatlari turar joy binolaridagi isitish ta'minotini yoqishlariga to‘g‘ri kelgan.

Top