12:22 / 05.07.2015
2393

Ukraina futbol federatsiyasi 2017/18 yilgi YeChL finalini Kiyevda o‘tkazish uchun UYeFAga ariza topshirdi

Ukraina futbol federatsiyasi prezidenti Andrey Pavelko shaxsan o‘zi 2017/18 yillar mavsumidagi Chempionlar Ligasi finalini Kiyevning “Olimpiyskiy” milliy stadionida o‘tkazish uchun UYeFAga ariza topshirganini ma'lum qildi.

“UYeFAning qarorgohiga tashrifim chog‘ida men Kiyevning nomzodini Chempionlar Ligasi final uchrashuvini o‘tkazishga da'vogar sifatida qabul qiliinishi uchun barcha kerakli hujjatlarni topshirdim”, deb aytdi Pavelko.

2017/18 yillardagi mavsumdagi Chempionlar Ligasi finali qayerda o‘tkazilishi haqidagi qaror joriy yilning sentabr oyida qabul qilinadi.

Ma'lumot uchun, 2015/16 yillardagi mavsumdagi Chempionlar Ligasi finali Minaldagi “San-Siro” stadionida 2016 yilning 28 mayida, 2016/17 yillardagi mavsumdagi final esa Uels poytaxti Kardiffdagi “Millenium” stadionida o‘tkaziladi.

Top