13:06 / 05.07.2015
3252

Hillari Klinton Xitoyni AQSh hukumati haqidagi ma'lumotlarni o‘g‘irganlikda ayblamoqda

AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Hillari Klinton Xitoyni “AQSh hukumatiga tegishli katta miqdordagi ma'lumotlarni” va tijorat sirlarini o‘g‘irganlikda ayblamoqda, deb ma'lum qilmoqda Reyter axborot agentligi.

“Ular AQShdagi barcha narsaga buzib kirmoqchi bo‘lishmoqda. Biz juda sergak bo‘lishimiz kerak, Xitoyning harbiy qudrati juda tez o‘smoqda”, deb aytdi Klinton 4 iyulda Nyu-Gempshir shtatida so‘zlagan nutqi davomida.

Kiberxavfsizlik masalasi Vashington va Pekin o‘rtasidagi munosabatlarda katta muammo hisoblanadi. AQSh muntazam ravishda Xitoyni xakerlik hujumlarida ayblab keladi. Xitoy esa o‘z navbatida bu ayblovlarni rad etib, ularni hech qanday asosga ega bo‘lmagan quruq gaplardan boshqa narsa emasligini ta'kidlab keladi.

Top