12:28 / 05.07.2015
2825

Xitoyda poyafzal fabrikasi ishchilar ustiga qulab tushdi

Xitoyning Chjetszyan provinsiyasida Wenling City poyafzal fabrikasi binosi qulab tushdi.

Qayd etilishicha, fabrika binosi 4 iyul kuni mahalliy vaqt bilan soat 16:00 da qulab tushgan. Bino qulashi paytida uning ichida 50 dan ortiq ishchi bo‘lgan. Voqea oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi, 49 kishi jarohat oldi, ulardan 40 nafari shifoxonalarga yetazildi.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, binoning qulashiga uning tomida qurilgan basseyn sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Ayni paytda qutqaruv xizmatlari vayronalarni bartaraf etish bo‘yicha ish olib bormoqdalar.

Top