11:08 / 06.07.2015
2045

2014-2015 yilgi o‘quv mavsumida Toshkent viloyatidagi kollejlarni tamomlagan 37 mingdan ortiq o‘quvchining asosiy qismi ish bilan ta'minlanadi

Yakunlangan o‘quv yili mavsumida Toshkent viloyatidagi 122ta kasb-hunar kollejlarini 106 mutaxassislik bo‘yicha 37 ming nafardan ortiq o‘quvchi bitirdi.

Ular viloyat hududidagi 15 mingdan ortiq korxona va tashkilotlarda amaliyotda bo‘lishgan.

Kollej o‘quvchilarining deyarli 99 foizi o‘zlari amaliyot o‘tagan tashkilotlarda uch tomonlama shartnomalar tuzishgan.

Aholini ish bilan ta'minlash va ijtimoiy himoya qilish markazi doimiy ravishda o‘quvchilarning ota-onalari, ish beruvchi korxonalar hamda tijorat banklari vakillari ishtirokida uchrashuvlar tashkil etdi.

Bunday uchrashuvlarda bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma'lumotlar berilib, bitiruvchilarning qiziqishlari o‘rganildi hamda ular tomonidan taklif etilgan biznes loyihalar asosida tijorat banklaridan kredit olish masalalari bo‘yicha ishlar olib borildi.

Top