14:02 / 06.07.2015
4899

2015-2016 yillarda O‘zbekiston “Toshkent mexanika zavodi”dagi davlat ulushining 25.6 foizini xorijiy investorga beradi

O‘zbekiston prezidentining 2015 yil 28 aprelidagi “Iqtisodiyotda xususiy mulk ulushini va ahamiyatini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, 2015-2016 yillarda “Toshkent mexanika zavodi” aksiyadorlik jamiyatidagi (sobiq Chkalov nomli Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi) davlat ulushining 25.6 foizini xorijiy investorga o‘tkaziladi.
Nuz.uz axborot portalining ma'lum qilishicha, aksiyadorlik jamiyati 2018 yilga qadar besh turdagi mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi.
Zavodda 2015-2019 yillarda o‘tkazilishi kutilayotgan, umumiy qiymati 32.5 mln dollar bo‘lgan investitsion loyihalar struktur o‘zgarishlar amalga oshirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish chora-tadbirlari dasturiga kiritilgan.

Top