12:03 / 06.07.2015
2791

AQShda 6 kishi chaqmoq urishidan jabrlandi

Luiziana shtatining Texas bilan chegara qismidagi mehmonxona hududidagi daraxtga kuchli chaqmoq kelib urilishi natijasida 6 kishi jarohatlandi. Bu haqda Associated Press xabar bergan.

"Ularning baxti bor ekan, tirik qolishdi", deydi mahalliy sherif Ronni Richardson jurnalistlarga intervyu berish chog‘ida.

Uning aytishicha, bu kishilar AQSh mustaqillik kuni bayramin nishonlash asnosida ochiq havoga oilaviy sayr uyushtirishgan edi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, ularning hayoti xavf ostida emas. Jabrlanuvchilar bir necha kun shifoxonada qolishadi.

Top