09:00 / 06.07.2015
2219

AQShda qayiq barja bilan to‘qnashib ketishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

AQShning Kentukki shtatida Ogayo daryosida qayiq qurilish barjasi bilan to‘qnashib ketdi. Bu haqda The Courier-Journal nashri xabar bermoqda.

Baxtsiz hodisa oqibatida 2 kishi halok bo‘lgan, yana 3 kishi bedarak yo‘qolgan.

Qayd etilishicha, qayiqda hammasi bo‘lib 9 kishi bo‘lgan. Qutqaruvchilar to‘ntarilib ketgan qayiqdan 4 kishini chiqarib olishga muvaffaq bo‘lishgan, ulardan 3 nafari bolalar bo‘lgan.

Kuchli oqim va daryo tubida chiqindilarning ko‘pligi sababli qidiruv operatsiyasini to‘xtatib turishga qaror qilindi.

Top