13:16 / 06.07.2015
3454

Di Mariya APLning yangi mavsumi startini o‘tkazib yuborishi mumkin

"Manchester Yunayted"ning argentinalik yarim himoyachisi Anxel Di Mariya 2015-2016 yillar mavsumining startida jarohat tufayli maydonga tusha olmasligi mumkin.
As nashrida yozilishicha, uning 4 iyul kuni Chili terma jamoasiga qarshi o‘tkazilgan Kopa Amerika finalida olgan jarohati jiddiy bo‘lib chiqqan.

Di Mariya Chiliga qarshi uchrashuvning 28 daqiqasida tizzasidan jarohat olib, o‘yinni davom ettira olmaydigan bo‘lgandi.

Shifokorlar u kamida 1 oyga safdan chiqqanini ma'lum qilishgan. Bu holda Di Mariya 8 avgust kuni "Old Trafford"da "Tottenhem" jamoasiga qarshi o‘tkaziladigan APL birinchi tur o‘yinini o‘tkazib yuboradi.

Top