17:25 / 06.07.2015
14985

Ma'naviyat targ‘ibot markazi rahbari Rossiyaga ishlashga ketganlarning farzandlari ma'naviyatsiz bo‘lib yetishayotganini aytdi

1 iyul kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi tomonidan o‘tkazilgan “Jaholatga qarshi ma'rifat” g‘oyasi ostidagi ma'naviyat soati o‘tkazilgani haqida xabar berilgandi.

Tadbir Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Respublika Ma'naviyat-targ‘ibot markazi va O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi bilan hamkorlikda tashkil qilingan hamda tadbirga taklif etilgan xonandalarga ësh avlodning ma'naviy va ma'rifiy qiëfasini shakllantirish vazifasi yuklash maqsadida birinchi navbatda ularning o‘ziga ma'naviyat soati o‘tilgan.

Tadbirda Madaniyat va sport ishlari vaziri Bahodir Ahmedov, Respublika Ma'naviyat targ‘ibot markazi rahbari siyosatshunoslik fanlari doktori Qahramon Quronboyev va O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, siyosiy sharhlovchi Qobilbek Karimbekov so‘zga chiqib, xonandalarga ma'naviyatdan saboq berishgan.

Ular estrada xonandalariga Markaziy Osiyo va jahonning boshqa mintaqalaridagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat, vayronkor g‘oyalar bilan yashayotgan g‘arazli kuchlar, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan bunyodkorliklar, to‘y-tantanalar asosi tinchlik-xotirjamlik ekanligi haqida atroflicha ma'lumotlar berib o‘tishgan.

“Ma'naviyat soati”ni boshlab bergan O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vaziri Bahodir Ahmedov estrada qo‘shiqchilariga sevgi-muhabbat haqidagi ashulalarni qo‘yib, vatandagi buyuk ishlar, xususan, g‘arazli “kurmak”lar ko‘ra olmaëtgan tinchlikni madh etish topshirig‘ini yuklagan.

U birinchi navbatda O‘zbekistondagi tinchlik uchun shukrona keltirish kerakligini, O‘zbekistonda hammaga o‘z vazifasi bilan shug‘ullanish uchun sharoit yaratilganini, kimdir xonandalik qilayotgani, kim xohlasa sozandalik qilishi, kim xohlasa she'r ëzishi, kimdir ijod bilan shug‘ullanayotgani, har xil kasb egalari o‘z kasbida ishlash uchun hamma narsa muhayëligini aytib o‘tgan.

“Buning uchun shukrona keltiribgina qolmasdan, bu tinchlikni sharaflashimiz kerak, ulug‘lashimiz kerak, iloji boricha tashqarida bo‘layotgan voqealarga o‘z munosabatimizni bildirishimiz kerak. Shuning uchun ham faqatgina sevgidan iborat bo‘lishi kerak emas qo‘shiqlar. Faqatgina bir yo‘nalishdagi bir tomonlama qo‘shiqlardan iborat bo‘lishi kerak emas milliy estradamiz. Hamma bugungi kundagi eng muhim jarayonlarga o‘z fikrini qo‘shig‘ida, she'rida bildirishi kerak”, deydi Ahmedov.

Vazirdan so‘ng tashqari va ichkarida bo‘laëtgan voqealarga munosabat bildirish navbati Respublika Ma'naviyat-targ‘ibot markazi rahbari Qahramon Quronboyevga berildi.

U Qirg‘iziston, Ukraina, Misr, Tunis, Iroq va Suriyadagi “ma'naviyatsizliklar”ga to‘xtalgach, asosan, estrada san'atkorlariga ergashuvchi o‘zbek jamiyati, xususan, ëshlari ma'naviyati, aniqrog‘i ma'naviyatsizligi muammosiga o‘tdi:

“Mana hozir, Rossiya va Qozog‘istonga mardikor bo‘lib ishlashga ketayapti o‘zbeklarimiz. Bundan 10 yil oldin bitta tumanda bir ë ikki SPID kasalligi uchrab qolardi. Bitta tumanda hozir yuzdan oshib ketgan SPID bilan chalinganlar. Respublika bo‘yicha SPIDga chalingan go‘daklar 2000 nafardan oshiq. Go‘dak! Er ketayapti u ëqqa yallo qilib, ishlayman deb. Nima balo qilaëtganini o‘zi biladi. Kelayapti xotinga yuqtirayapti. Ma'naviyat kengashimizning raisi bir viloyatga borib bolalar bilan suhbatlashib, “Kim bo‘lasan katta bo‘lganingda?” deb so‘rasa, “Man Rossiyaga ketaman” degan javob olibdi”, deb gapirib beradi Quronboyev.
Uning bu gaplari xonandalar orasida yengil kulgu uyg‘otgan.

O‘zbekiston bosh ma'naviyatchisining ta'kidlashicha, vatanida qolsa ham ochdan o‘lmaydigan o‘zbeklarning uyalmasdan Moskva ko‘chalarini supurib, boylik qidirib yurishni afzal bilishi ortidan ota mehri va qahridan bexabar, ma'naviyatdan mahrum avlod voyaga yetmoqda. U farzand haqiqiy erkak bo‘lib yetishishi uchun ota tarbiyasi muhim ekanini ta'kidlagan.

Bu fikr isboti uchun u jamoatchilikka ko‘p ham ochiqlanmaydigan ayrim raqamlarni tilga olgan.

“2013 yilgi ma'lumotni aytaman. 200 nafardan oshiq 13 yoshli qizlar homilador bo‘lgan. Bu qizlardan aksariyatining ë otasi ketgan ë onasi xorijga ketgan ëki ota-onasi birgalashib ketgan, bolasi bu yerda sarson qolgan. Mana endi savol tug‘iladi – ma'naviyat kerakmi ë kerak emasmi?”, deydi Respublika Ma'naviyat-targ‘ibot markazi rahbari Qahramon Quronboyev.

Bu tashvishli raqamlarni keltirgan Quronboyev estrada qo‘shiqchilariga “ozgina, bir og‘iz gap” bilan yoshlarga yaxshi tomondan ta'sir ko‘rsatishni so‘raydi.

Uning fikricha, xonandalarning gapi boshqalarnikiga qaraganda ming daraja kuchli bo‘lib ta'sir qiladi.
“Chunki har bir ësh uchun sizlar ideal hisoblanasiz”, deya ularni ko‘payib boraëtgan ma'naviyatsizlikka qarshi kurashda faol bo‘lishga da'vat qiladi Quronboyev.

Top