14:49 / 06.07.2015
8662

Narendra Modi Toshkentga yetib kelgani haqida Tvitterda o‘zbekcha xabar qoldirdi

6 iyul kuni Hindiston bosh vaziri Narendra Modi O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Aeroportda uni O‘zbekiston hukumati rahbari Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.

Modi o‘zining tashrifi haqida Tvitter orqali xabar qildi. O‘zbek tilida yozilgan xabarda mashhur siyosatchi O‘zbekistonga o‘z salomini aytib o‘tdi.

Modining O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov hamda bir qator rasmiylari bilan uchrashuvi chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning istiqbollari muhokama qilinishi aytilmoqda. Shuningdek, kutilayotgan uchrashuvda mintaqaviy va xalqaro siyosat masalalari ko‘rib chiqiladi.

Top