17:05 / 06.07.2015
6028

O‘zbekistonliklar Umra ziyoratiga jo‘nab ketishdi

2015 yilning 6 iyul kuni erta tong 06:50 da Surxondaryo, Buxoro, Xorazm va Jizzax viloyatlari ziyoratchilaridan iborat guruhlar umra amallarini bajarish uchun Toshkent–Jidda yo‘nalishi bo‘ylab Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketishdi. Ularga mavsum mobaynida o‘zbekistonlik tajribali ishchi guruh a'zolari, shifokorlar hamda mohir oshpazlar xizmat ko‘rsatadilar.

Ziyoratchilar Makkai mukarramada “Sofvat al-Miad” va Madinai munavvarada “Fayruziyat al-Xayr” mehmonxonalariga joylashadilar. Ularga Saudiya Arabistoni Podshohligidagi bir necha yillik hamkorimiz “al-Hidoya” shirkati tomonidan xizmat ko‘rsatiladi.

Umra amalini bajarish uchun jo‘nab ketgan yurtdoshlarimizni Jidda aeroportida kutib olish va kuzatish tadbirlari Haj va Umra masalalari bo‘yicha attashe Z.Abdullayev boshchiligida ishchi guruh va “al-Hidoya” shirkati xodimlari bilan birgalikda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, hamyurtlarimiz safar mobaynida Makka va Madina shaharlaridagi bir qancha tarixiy joylarni ziyorat qilishga ham muyassar bo‘lishadi.

Erta tongda 170 nafardan iborat ziyoratchi, ishchi guruh, guruh rahbarlari, shifokorlar va oshpazlarni Saudiya Arabistoniga kuzatish uchun Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va O‘zbekiston musulmonlari idorasi mas'ul xodimlari ishtirok etishdi.

Top