15:29 / 06.07.2015
4198

Pavel Durov terrorchilikni qo‘llab-quvvatlashi haqidagi ayblovlarga javob berdi

“VKontakte” ijtimoiy tarmog‘i va Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov Britaniyaning The Daily Mail gazetasiga bergan intervyusida terrorchilikni qo‘llab-quvvatlashi haqidagi ayblovlarga javob berdi.
Radikallarning ma'lumotlarni yashirish imkoniyati tufayli Telegram ijtimoiy tarmog‘idan faol foydalanishi haqidagi gap-so‘zlar ayrim mutaxassislarni Durov bunday guruhlardan foyda ko‘radi, degan xulosaga olib keldi.
“Muloqot shaxsiyligi huquqiy va shaxsiy makonimiz bizni qo‘rqitishni istaydigan allaqanday siyosatchilarning tahdidlaridan muhimroqdir. Agar siz bir daqiqaga hissiyotlardan chetlashib, terrorchilik tahdidining statistik ehtimoli qancha ekanligini o‘ylab ko‘rsangiz, bu gap-so‘zlar qay darajada bo‘rttirib yuborilganligiga amin bo‘lasiz”, – dedi Durov intervyu chog‘ida.
Uning fikricha, odamning terrorchilik tahdididan ko‘ra hammomda toyib ketib o‘lishi ehtimoli ko‘proqdir.

Top