18:34 / 06.07.2015
6732

Peterburgda Rossiya Davlat dumasi deputatidan 100 kg dollar musodara qilindi

2-3 iyul kunlari Sankt-Peterburgdagi “Siti Invest Bank” ofisi huquq-tartibot muassasalari xodimlari tomonidan shturm qilinishi natijasida 7 mln dollardan ko‘proq pul musodara qilindi. Bu pullar “Spravedlivaya Rossiya” partiyasining Davlat dumasidagi deputati Aleksey Lisyakovga tegishli bo‘lgan.

Ushbu operatsiya juda katta miqdorda firibgarlik holati bo‘yicha jinoiy ish doirasida o‘tkazildi. Operatsiya 2 iyul kuni ertalab boshlangan. Tezkor xodimlarda pullarni musodara qilish haqidagi qarorning mavjudligiga qaramasdan, bank boshqaruvchisi 2 iyulning kechki paytigacha ularni bankka kiritmagan. Shunda binoga shturm bilan kirish buyrug‘i berilgan.

Operatsiya davomida 7 mln dollardan ko‘proq pul va bir necha mln rulb topilgan. Topilgan hujjatlarga ko‘ra, bu pullar Lisyakovga tegishli bo‘lgan. Shuningdek, katta miqdorda AQSh dollarlari solingan egasi bo‘lmagan sumka topilgan. Ma'lumotlarga ko‘ra, musodara qilingan pullarning og‘irligi 100 kg ni tashkil qilgan.

Top