17:49 / 06.07.2015
2897

Qirg‘iziston ShHT bankining tuzilishini yoqlab chiqdi

Qirg‘iziston Shanxay hamkorlik tashkilotining bankini yaratishi tarafdoridir. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev TASS agentligiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Uning so‘zlariga qaraganda, ShHT banki shaklidagi yagona moliyaviy mexanizmning yaratilishi tashkilotga a'zo barcha davlatlar uchun foydalidir.
“Biz uning idorasi Bishkekda joylashishini taklif qilamiz, chunki biz bank tizimida yaxshigina tajribaga egamiz, – dedi Atambayev muloqot chog‘ida. – Qirg‘iziston o‘zida moliya vazirlari milliy banklar raislari yig‘ilishini tashkil qilib, bu bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilishga tayyor”.

Top