23:19 / 06.07.2015
7241

Roshen fabrikasi mulkining hibsga olinishi qonuniy amalga oshirilgan deb topildi

Moskva shahri sudi tomonidan Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoga tegishli Roshen kompaniyasining Lipetskdagi fabrikasi mulkining hibsga olinishi qonuniy amalga oshirilgan, deb topildi.

Fabrika mulki 2014 yilning 13 sentabrida 181 mln rubl miqdorida qo‘shilgan narxga soliqning Rossiya byudjyetidan noqonuniy yo‘l bilan o‘g‘irlanishi bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoiy ish doirasida hibsga olingan.

Fabrika advokatlari hibsga olingan mulk qiymati 1,4 mlrd rubldan ko‘proqni tashkil qilib, bu qiymat esa yetkazilgan ziyon miqdoridan bir necha marotaba ko‘proqni tashkil qilishini ro‘kach qilishgan, biroq ayblov tomoni yetkazilgan ziyon bo‘yicha hali yakuniy baholash yo‘qligi va himoya tomonining da'volari asossiz ekanligini aytgan.

Fabrikaning omborxonasi, to‘rtta sexi, yordamchi korpus binosi va yettita yer maydoni hibsga olingan. Bunda fabrika hibsga olingan mulkdan foydalanishda davom etishi mumkin, biroq u bilan bitimlar amalga oshira olmaydi.

Top