18:10 / 06.07.2015
5710

Saakashvili jamoasining ishiga AQSh haq to‘laydi

AQSh hukumati Odessa viloyati gubernatori jamoasining ishi uchun haq to‘ladi. Bu haqda gubernatorning o‘zi – Mixail Saakashvili ma'lum qildi.
“Odessa antikorruptsion tadbirlaridan so‘ng AQSh hukumati Saakashvilining yangi jamoasining maoshi uchun mablag‘ berishga rozi bo‘ldi”, – deb yozdi u Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
U AQShning Ukrainadagi elchisi Jyeffri Payyett bilan uchrashuv yakunlariga ko‘ra bu yangilikni oshkor qildi.
Shuningdek, Saakashvili kaliforniyalik politsiyachilar Odessaning yangi politsiyasiga dars berishini aytib o‘tdi.

Top