15:22 / 06.07.2015
11477

Toshkentning "o‘z Gollivudi" yaratildi

Feysbukdagi Potrebitel.Uz guruhiga Toshkent shahri hududida "Gollivud o‘rmoni" tashkil qilingani haqida post joylashtirildi.

Suratlarda bu tashabbus ijodkorlari Yakkasaroy tumani hududida Kaliforniyadagidek Gollivudga kirish qismini gavdalantirishganini ko‘rish mumkin.

Ijtimoiy tarmoqqa bu holat suratlari joylashtirilgach, internet foydalanuvchilari bu yerda Gollivud haqida film olinishi mumkinligi haqida taxmin qilishgan. Yana bir foydalanuvchi esa bir necha kun oldin projyektor nurlarini NUJ deb o‘ylaganini yozdi.

Top