14:15 / 06.07.2015
2340

Turkiya g‘arbida sodir bo‘lgan YTH oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi

6 iyul kuni Turkiya g‘arbida 15 kishining o‘limi va 2 kishining og‘ir jarohat olishiga sabab bo‘lgan yirik yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda Anadolu Agency axborot agentligi xabar qildi.

Ma'lum qilinishicha, Manisa viloyatidagi Gelmarmar shahri yaqinida yuk mashinasi va avtomobil to‘qnashib ketgan.

Taxmin qilinishicha, yuk mashinasi haydovchisi uxlab qolgani bu fojiaga sabab bo‘lgan.

Top