15:46 / 06.07.2015
7710

Yosh farzandini tarbiyalayotgan talaba qizlarga yordam puli berilmaydigan bo‘ldi

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim hamda moliya vazirliklarining 2015 yil 6 iyuldagi 1339-4-sonli qo‘shma qaroriga muvofiq, oliy o‘quv yurtlariga talabalariga stipendiya belgilash va to‘lash bo‘yicha yo‘riqnomaga o‘zgartishlar kiritildi.

Toshkent davlat yuridik universitetida modul tizimining joriy qilinishi munosabati bilan o‘rnatilgan tartibga ko‘ra talabalarga stipendiyalar belgilash o‘quv yilida ikki marta amalga oshiriladi. Yakuniy nazoratlardan so‘ng keyingi o‘quv semestri birinchi oyining boshida stipendiyalar miqdori e'lon qilinib boriladi.

Qolgan barcha oliygohlarda o‘z vaqtida akademik qarzdorlikni bartaraf qilgan (barcha predmetlar bo‘yicha 55 foizdan ortiq ball to‘plagan) talabalarga qarzdorlik bartaraf qilingan oydan keyingi oyning boshida stipendiya miqdori belgilab beriladi. Ilgari stipendiya akademik qarzdorlik bartaraf qilingan oydan keyingi oyning 1-sanasida 0.5 koeffitsiyent qo‘llangan holda keyingi o‘quv semestriga qadar belgilab berilar edi.
Shuningdek, ilgari farzand tarbiyalash bilan shug‘ullanayotgan ayol talabalarga bir paytning o‘zida ham stipendiya, ham oylik yordam puli to‘lanar edi. Yangi tartibga ko‘ra, ikki yoshgacha bo‘lgan bolaga ega hamda kunduzgi ta'lim shaklida o‘qishda davom etayotgan talaba qizlarga faqat stipendiya beriladi.

Top