06:52 / 07.07.2015
2566

Halabda terakt oqibatida 25 kishi halok bo‘ldi

Halabdagi Suriya qurolli kuchlari postida “Jabhat as-Nusra” terrorchilik guruhi jangarisi o‘zini portlatishi oqibatida 25 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Qayd etilishicha, halok bo‘lganlar harbiylar va Suriya armiyasi ittifoqchi kuchlari vakillari bo‘lgan. Ko‘pchilik odamlar turli darajadagi jarohatlar olgan.

Manbalarning ta'kidlashicha, Suriya qurolli kuchlari terrorchilik guruhlarining shaharni bosib olishga urinishini qaytarishgan.

Top