07:54 / 07.07.2015
3182

Arda Turon: "Atletiko"ni doimo qalbimda saqlayman

"Barselona"ga o‘tayotgan Arda Turon o‘zining endilikda sobiq jamoasiga aylanadigan "Atletiko" va uning muxlislari bilan xayrlashdi.

"Bu to‘rt yil ajoyib davr bo‘ldi. Men bu vaqtda "Atletiko" bilan esda qolarli ko‘p voqealarni boshdan kechirdim.
Men hech qachon jamoadagi o‘rtoqlarimni va muxlislarni unutmayman. "Atletiko"ni doimo qalbimda saqlayman. Hammasi uchun rahmat", deydi Turon.

Top