06:56 / 07.07.2015
4739

Birlashgan qirollik armiyasida ilk ayol general paydo bo‘ldi

52 yoshli Syuzan Ridj Buyuk Britaniya armiyasida general sifatida faoliyatini boshladi. Bu haqda The Guardian nashrida yozilgan.

Qayd etilishicha, shu yilning sentabr oyigacha Ridj xonim general-mayor darajasini oladi va armiyaning yetakchi yuridik maslahatchiga aylanadi.

U qurolli kuchlarning huquqiy bo‘limini boshqaradi hamda qo‘mondonlarga intizom va shikoyat masalalarida maslahatchi bo‘ladi.

Ridj xonim bu ishlar Britaniya armiyasi podpolkovnigi bo‘lmish turmush o‘rtog‘ining qo‘llab-quvvatlashi evaziga bo‘lganini e'tirof etgan hamda o‘ziga berilgan bu yangi darajadan "katta faxr va sharaf hislarini" tuyayotganini ta'kidlagan.

Ma'lumot uchun, Syuzan Ridj Buyuk Britaniya armiyasida yuqori harbiy daraja olgan ilk ayol emas. 2 yil muqaddam Eleyn Vest qirollikning Harbiy-Havo kuchlarida vitse-marshal etib tayinlangandi.

Top