10:30 / 07.07.2015
2608

BMT sanksiyalarining bekor qilinishidan so‘ng Eronning ShHTga a'zolik masalasi hal qilinadi

Eronning Shanxay hamkorlik tashkilotiga kirishi masalasi unga nisbatan BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan joriy qilingan cheklovlarning olib tashlanishidan so‘ng hal qilinadi. Bu haqda Rossiya prezidentining tashqi siyosat bo‘yicha yordamchisi Yuriy Ushakov RIA Novosti agentligiga bayonot berdi.
“Eron ham talabnoma bilan chiqqan edi. U ko‘rib chiqilmoqda, ammo yakuniy qaror Eronga nisbatan Xavfsizlik Kengashi tomonidan joriy qilingan sanksiyalarning bekor qilinishidan so‘ng qabul qilinadi”, – dedi siyosatchi.
Shuningdek, u ShHT davlatlari o‘rtasidagi muzokaralar yakunlariga ko‘ra bu borada aniq qarorlar ishlab chiqilishini aytdi.

Top