07:46 / 07.07.2015
10376

Hindiston O‘zbekistonga “Shimol-Janub” loyihasiga qo‘shilishni taklif qildi

Hindiston bosh vaziri Narendra Modi O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov bilan uchrashuvi davomida O‘zbekistonga “Shimol-Janub” transport koridoriga qo‘shilish masalasini ko‘rib chiqishni taklif qildi.

“Men O‘zbekiston prezidentiga “Shimol-Janub” transport koridori (Hindiston, Rossiya, Eron, Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida yuklarni tashish uchun mo‘ljallangan) haqida ma'lumot berdim va O‘zbekistonning bu loyihaga qo‘shilishi masalasini ko‘rib chiqishni taklif etdim”, deb aytdi Modi.

Modi, shuningdek, O‘zbekiston prezidentidan Hindistonning O‘zbekiston-Eron-Turkmaniston-Ummon transport koridoriga qo‘shilishi masalasida uni qo‘llab-quvvatlashini iltimos qildi.

Top