18:51 / 07.07.2015
6438

Inha universiteti IELTS sertifikatini olishga ulgurmayotganlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratdi

Toshkent shahridagi Inha universitetiga 26 iyul kuni matematika va fizikadan kirish imtihonlarini topshirish uchun IELTS sertifikatiga ega bo‘lish kerak edi. Lekin yaqin orada topshirilgan IELTS imtihonlari natijalari kech chiqishi tufayli 17 iyulgacha ro‘yxatdan o‘tishga ko‘pchilik ulgura olmayotgani ma'lum bo‘ldi. Shuning uchun o‘qish niyatida bo‘lgan yoshlarga qo‘shimcha imkoniyat taqdim etish maqsadida, hamda ota-onalardan tushgan ko‘plab taklif va iltimoslarni inobatga olib, quyidagi yangiliklarni ma'lum qilamiz. 

Birinchidan,  17 iyulgacha onlayn ro‘yxatdan o‘tib, lekin IELTS sertifikatini 25 iyul kunigacha topshirish sharoiti yaratildi. Ya'ni, asosiy imtihondan bir kun oldin bo‘ladigan oriyentatsiya kunida sertifikatni olib kelish mumkin. Bu esa iyul oyining o‘rtalarida IELTS topshirgan abituriyentlarga qo‘shimcha imkoniyatdir.

Ikkinchidan, umuman IELTS sertifikati bo‘lmaganlar uchun oxirgi bor 15 iyul kuni Toshkent shahridagi Inha universitetining qo‘shimcha ingliz tili imtihoni tashkil etilmoqda. Shuni unutmangki, Toshkent shahridagi Inha universiteti tomonidan IELTS/TOEFL dan sertifikati bo‘lmagan, avvalgi ingliz tili bo‘yicha qo‘shimcha imtihonlarni o‘tkazib yuborgan yigit-qizlar uchun yana bir ajoyib imkoniyat berilmoqda!

Yana bir bor eslatib o‘tamiz:

1. Ingliz tilidan qo‘shimcha imtihon topshirish uchun onlayn tarzda www.inha.uz saytida ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni:2015 yil, 13 iyul, soat 17-00 gacha.

2. Ingliz tilidan imtihon kuni: 2015 yil, 15 iyul, 08-00.

3. Ingliz tilidan imtihon javoblari: 2015 yil, 16 iyul.

Ingliz tilidan IELTS/TOEFL sertifikati bo‘lmagan yoshlar uchun Toshkent shahridagi Inha universitetida o‘qish uchun so‘nggi imkoniyat. Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang, aziz yoshlar!

Top