17:53 / 07.07.2015
2265

Kasilyas “Real” 4 mln qo‘shimcha maosh to‘laydigan bo‘lsa, “Portu” bilan 2 yillik shartnoma tuzishga tayyorligini ma'lum qildi

Madridning “Real” klubi darvozaboni Iker Kasilyas “Portu” bilan o‘zining kelgusi faoliyati borasida muzokaralar olib bormoqda.

Potrugaliya klubi 34 yoshli darvozabon bilan soliq chiqarib tashlangunga qadar yiliga 5 mln yevrolik maosh bilan 2 yilga mo‘ljallangan shartnoma tuzishga tayyorligini bildirdi, deb xabar bermoqda Marca nashri.

Nashrning ma'lumotlariga ko‘ra, Kasilyasning “Portu”ga o‘tishida uning yangi klubda kamroq maosh olishi to‘sqinlik qilmoqda, chunki darvozabonning “Real” bilan shartnomasi hali ikki yil amalda bo‘ladi.

Darvozabon Madrid klubi unga maoshidagi farqni to‘lab berishiga umid bildirmoqda, bu holda futbolchi erkin transfer bo‘yicha “Portu”ga o‘tadi.

Keyingi mavsumda Kasilyas “Real”da sof holda 6,5 mln yevro (soliq to‘langunga qadar 13 mln yevro), 2016/17 yillardagi mavsumda sof holda 6 mln yevro (soliq to‘langunga qadar 12 mln yevro), jami soliq to‘langunga qadar 25 mln yevro maosh olishi belgilangan.

“Portu” darvozabonga ikki yil uchun soliqlar chiqarib tashlanmagan holda 10 mln yevro to‘lashga tayyor. Shu tariqa, Kasilyas “Real”dan maoshlardagi 15 mln yevro farqni, ya'ni yiliga sof holda 4 mln yevrodan qo‘shimcha maosh olishni mo‘ljallamoqda.

Top